MAHALLA INFRATUZILMASI YAXSHILANMOQDA
Forish tumani 3-sektor hududidagi Oybek nomli mahalla infratuzilmasini yaxshilash, aholiga munosib turmush sharoiti yaratish borasida keyingi yillarda bir qator ishlar amalga oshirildi.
Ushbu mahalla tumandagi eng katta mahallalardan biri bo‘lib, mahallada 1752 ta oilada, 5838 nafar aholi istiqomat qiladi.
Jumladan, belgilangan dasturlar doirasida mahallada aholining elektr energiya, ichimlik suv, tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi. Mahalla ichki yo‘llari ta’mirlanib, aholiga qulayliklar yaratildi.
Aholining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda mahallada tuman obodonlashtirish boshqarmasi va tuman avtomobil yo‘llardan foydalanish davlat unitar korxonasi tomonidan yana 2 kilometr ichki yo‘llar kengaytirilib, qum-shag‘al to‘kib tekislandi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi ezgu ishlar aholini mamnun etmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.