“YURTNING KUCHI – BIRLIKDA, QADRI ESA TINCHLIKDADIR”
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning qobilyati va mahoratini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish, “Qutqaruvchilik” kasbiga qiziqtirish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlarini ta’minlash maqsadida “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi uchun otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqa va ko‘rik tanlovning tantanali ochilish marosimi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi shundan so‘ng tashkilotchilar tomonidan ishtirokchilarga musobaqani o‘tkazishdan maqsad, musobaqaning qonun qoidalari yetkazildi.
Shundang so‘ng “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostidagi musobaqalarning tuman va shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 13 ta jamoadan 104 nafar musobaqa va tanlov ishtirokchilari musobaqa shartlari asosida bellashishga kirishdilar.
Musobaqa shartlariga ko‘ra jamoalar “Men qutqaruvchiman” estafetasi, “Valeybol”, “Shaxmat”, “Arqon tortish”, “Ijodiy taqdimot”, “Birinchi yordam ko‘rsatish” va “Dala chodirini tiklash” kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda yoshlar o‘zlarining har tomonlama tezkor va kuchli ekanligini namoyon qilib, nafaqat jamoaviy yutuq uchun, balki turli nominatsiyalar uchun kurash olib borishdi.
Yakunda musobaqani baholab borgan malakali hakamlar hamda mutaxassislarning hulosasiga ko‘ra quyidagi natijalar qayd etildi. Musobaqada Forish tumani Musoqul Orolov nomli mahallaning “Turon” jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Musobaqa davomida “Eng xamjihat jamoa”, “Eng chaqqon qiz bola”, “Eng bilimdon jamoa” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi. G‘olib va sovrindor viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashining diplom, medal, kubog va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi. Musobaqalarda 400 nafar yoshlar qamrab olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.