Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “VATANPARVARLAR” HARBIY-SPORT MUSOBAQALARI

“VATANPARVARLAR” HARBIY-SPORT MUSOBAQALARI

12 март 2024 йил
135
0

Forish tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar ishlari agentligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi "Vatanparvar” tashkiloti Markaziy kengashi tomonidan 2022 yil 22 fervalda imzolangan qo‘shma qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tuman Mudofaa ishlari bo‘limi hamda N-harbiy qism harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Vatanparvarlar harbiy sport musobaqasini o‘tkazdi.

Unda tuman maktab va maktabgacha ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumtalim maktablarining 4 ta sektorda g‘olib bo‘lgan jamoalari ishtirok etishdi.

"Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqalarining tuman bosqichida o‘quvchilar o‘zlarining bilimi, chaqqonligi bilan bellashishdi. Tadbir ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Tadbirda 300 nafarga yaqin yoshlar qatnashdi. 3-o‘rinni 72 va 78-umumiy o‘rta ta’lim maktablarining jamoalari egalladi. 2-o‘rin 11 va 80-umumta’lim maktablarining jamoalariga nasib etdi.

Faxrli 1-o‘rinni 28-umumta’lim maktabining "Chayonlar" jamoasiga nasib etib, musobaqaning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар