FORISH TUMAN PROKURORI KUBOGI UCHUN SPORTNING MILLIY KURASH TURI BO‘YICHA O‘G‘IL BOLLAR VA QIZLAR O‘RTASIDA MUSOBAQALAR BO‘LIB O‘TDI
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida milliy kurashni keng targ‘ib qilish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida Forish tuman madaniyat markazi sport zalida Forish tuman prokurori kubogi uchun sportning milliy kurash turi bo‘yicha o‘g‘il bollar va qizlar o‘rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Musobaqalarda 22, 25, 27, 32, 36, 52, 60, 63, 65, 71 vazn toifalarida o‘g‘il bollar va qizlar o‘zaro bellashdilar.
Musobaqa yakunida g‘oliblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. G‘oliblarga tuman prokurori kubogi medal, diplom hamda esdalik sovg‘alarini Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev va tuman prokurori Ikrom Narziyevlar tantanali ravishda topshirishar ekan, yosh sportchilarga kelgusi musobaqalarda omad tilashdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.