YANGI MAKTAB BINOSI BUNYOD ETILMOQDA
Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibordir.
Forish tumanida keyingi yillarda ta’lim sohasini rivojlantirish, ta’lim muassasalari moddiy texnik bazasini mustahkamlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
Ayni kunda Forish tumanidagi “Oqtepa” mahallasi hududidagi namunaviy uy-joylar bunyod etilgan Tutak massivida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 25 dekabrdagi “2024 — 2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”ги PQ-404-sonli qarori asosida yangi zamonaviy 3 qavatli maktab binosi bunyod etilmoqda.
Ushbu maktab binosini bunyod etishga “Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi” buyurtmachi etib tayinlangan.
Bunyodkorlik ishlarini “Forishlik Temur” mas’uliyati cheklangan jamiyati bunyodkorlari olib borishmoqda. Ayni kunda ushbu yangi zamonaviy maktab binosini tom qismini yopish va ichki pardozlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.