Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » TA’LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH ASOSIY MAQSADIMIZ

TA’LIM SIFAT VA SAMARADORLIGINI OSHIRISH ASOSIY MAQSADIMIZ

30 сентябрь 2024 йил
53
0

Bugungi kunda tumandagi maktab va maktab ta’limi tizimida 66 ta umumta’lim maktabi, 1 ta kasb-hunar maktabi, 1 ta bolalar musiqa va san’at maktabi, 1 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi, 1 ta ixtisoslashtirilgan maktab, 1 ta sport maktabi, 21 ta davlat tasarrufidagi, 3 ta xususiy sherikchilik asosidagi, 47 ta uy va oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalari jami 71 ta maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Keyingi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida tumanda o‘g‘il-qizlarni maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qamrab olish natijasida 2016-yildagi 16 foizdan 83,5 foizga oshdi.

Joriy yil o‘quv yilidan boshlab tumandagi umumta’lim maktablari soni yana 1 ta ko‘paydi. Ya’ni “Uchquloch” mahallasidagi Pastki Uchquloch qishlog‘idagi 10-umumta’lim maktabi filiali aholi talab istagidan kelib chiqib hamda o‘quvchilarga qulayliklar yaratish maqsadida 24-umumta’lim maktabiga aylantirildi.

Bugungi kunda tumandagi umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan 16040 nafar o‘quvchilarga 1786 nafar o‘qituvchilar ta’lim-tarbiya berishmoqda.
Joriy yilning o‘zida Davlat dasturlari doirasida tumandagi “Nurak” mahallasida joylashgan 8-umumta’lim maktabi kapital rekonstruksiya qilindi. “Oqtom” mahallasi hududidagi Tutak massivida namunaviy uy-joylar bunyod etilgan massivda yangi maktab binosini bunyod etish ishlari davom ettirilmoqda.

Umumta’lim maktablari moddiy texnik bazasini mustahkamlash maqsadida tumanda 2024 yilda o‘tkazilgan tashabbusli byudjetlashtirish jarayonida tumandagi ixtisoslashtirilgan maktab moddiy texnik bazasini mustahkamlashga 1 mlrd. 300 mln. so‘m, “Oqtepa” mahallasida joylashgan 6-umumta’lim maktabida sport zal bunyod etish uchun 1 mlrd. 360 mln. so‘m, “qo‘lba” mahallasida joylashgan 47-umumta’lim maktabida sport zal bunyod etish uchun 1 mlrd. 360 mln. so‘m ajratildi.

Ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ilg‘or texnologiyalar asosida sifatli bilim olishlari uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablariga eng zamonaviy kompyuter texnologiyalari yetkazib berilayapti. Tumandagi barcha 66 ta o‘rta ta’lim maktablari doimiy internet tarmog‘iga ulangan.
So‘nggi yillarda umumiy o‘rta ta’lim yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda. 2024 yilda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarini 960 nafar o‘quvchilar bitirgan bo‘lsa, ularning 296 nafari oliy ta’lim muassasalariga kirib tahsil olishayapti.

скачать dle 12.0

Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар