PAYSHANBA PROFILAKTIKA KUNI MUNOSABATI BILAN TEGISHLI YO‘RIQNOMALAR BERILDI
Payshanba – jinoyatchilikka va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida profilaktika kuni.
Forish tumanida ham bu borada tizimli ishlar olib borilmoqda.
Forish tuman hokimligi hovlisida payshanba profilaktika kuni munosabati bilan saf yig‘ilishi bo‘lib, unda Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev va tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Qahramon Nazarov tomonidan barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarida profilaktik tadbirlarni samarali tashkil etish, “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amalga oshirish, ishchi guruh a’zolari uyma-uy yurish orqali har bir fuqaro bilan tegishli tushuntirish ishlarini olib borishi yuzasidan zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng ishchi guruhlar a’zolari profilaktik tadbirlarni amalga oshirish maqsadida mahalla fuqarolar yig‘inlariga yo‘l olishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.