Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MAHALLA AHLI OLDIDA HISOB BERISHDI

MAHALLA AHLI OLDIDA HISOB BERISHDI

25 январь 2024 йил
155
0

Forish tumani 3-sektor hududidagi “Oqtom” mahallasida mahalla profilaktika inspektori, leytenant Obid Egamov va “Mehnatobod” oilaviy shifokorlik punkti mudirasi Gulnoz Ikromovalar mahalla ahliga 2023 yilda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisob berishdi.

Ular o‘z hisobotlarida mahallada “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amalga oshirish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi salomatligini saqlash, mahalla ahli o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xotin-qizlar o‘rtasida onalik va bolalikni muhofaza qilish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj nogironligi bor oilalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilgan ishlarga batafsil to‘xtalib o‘tishdi.

Shuningdek, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’mirlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish borasida 2024 yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan ham mahalla ahliga axborot berishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар