RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI A’ZOLARI ISHTIROKIDA IJTIMOIY-IQTISODIY ISHLARNI JADALLASHTIRISHGA BAG‘ISHLANGAN YIG‘ILISH O‘TKAZILIB, VAZIFALAR BELGILAB OLINDI
Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev rahbarligida Respublika ishchi guruhi a’zolari ishtirokida tumanda ijtimoiy-iqtisodiy ishlarni jadallashtirishga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda so‘zga chiqqan tuman hokimi ijtimoiy-iqtisodiy ishlarni jadallashtirish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi muammolarini o‘rganib, murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish haqida so‘z yuritdi.
Shuningdek, tumandagi mahallalarda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyilini amalga oshirish, mahallalarda hasharlar tashkil etib, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, kambag‘allikni qisqartirish maqsadida aholi tomorqasidan samarali foydalanishga erishish masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalarni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.