GRANT MABLAG‘INI QO‘LGA KIRITDI
Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi huzuridagi Ijtimoiy sheriklik bo‘yicha jamoat komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Xalk deputatlari viloyat Kengashi huzuridagi Jamoat fondi tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi asosida e’lon kilingan grant loyihalarning 2-tanlovida Forish tumani Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Nodir Soliev tumanda aholi uchun qulay bo‘lgan “Ko‘chma kinoteatr” tashkil qilish bo‘yicha 64 mln. so‘m grant mablag‘ini qo‘lga kiritdi.
U ushbu mablag‘ evaziga tumanning barcha hududlarida Vatanparvarlikka yo‘g‘rilgan kinolar namoyishini yo‘lga qo‘yishni maqsad qilgan.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)