DEPUTAT MAHALLADA AHOLI BILAN MULOQOT QILDIDEPUTAT MAHALLADA AHOLI BILAN MULOQOT QILDI
Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi deputati, Xalq deputati tuman Kengashi kotibiyati mudiri Ra’no Daulanova, tuman qurilish bo‘limi, tuman uy-joy kommunal xo‘jalik bo‘limi rahbarlari bilan birgalikda tumanning 4-sektor hududidagi “O‘zbekiston” mahallasidagi ko‘p qavatli uylarda yashovchi aholi bilan uchrashib, ular muammolari va murojaatlarini tingladi.
Aholi bilan bo‘lgan muloqotda bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, aholi turmush farovonligini yaxshilash borasidagi ishlar haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan muammo va murojaatlar ham tinglandi. Unda aholi o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaat qilishdi.
Deputat bilan bo‘lgan muloqotda aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarni hal etish yuzasidan tegishli mas’ullar bilan hamkorlikda chora-tadbirlar belgilandi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.