RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI TOMONIDAN MAHALLALARDA O‘RGANISH VA AHOLI MUAMMOLARINI HAL ETISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Respublika ishchi guruhi tomonidan Forish tumanidagi mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, aholi muammolarini o‘rganib hal etish borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.
Jumladan, respublika ishchi guruhi a’zolari tumanning eng uzoq va chekka mahallasi bo‘lgan 2-sektor hududidagi “Narvon” mahallasida bo‘lishib, “xonadonbay” yurish orqali aholining yashash va turmush sharoiti, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tomorqadan samarali foydalanish borasidagi ishlar bilan tanishdilar.
Shuningdek, shu mahallada yashovchi A.Qoraqulov tomonidan tashkil etilgan bog‘dorchilik, chorvachilik faoliyati o‘rganildi.
Ushbu oila a’zolari o‘z tomorqasida tashkil etgan bog‘da uzum, olma, yong‘oq va boshqa mevalarni yetishtirib kelishmoqda.
Bundan tashqari oilada Sayxunobod tajribasi asosida mayda shoxli mollar ham ko‘paytirilib kelinmoqda.
Respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan ushbu oila tajribasini mahalladagi boshqa oilalarga ham keng tadbiq etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ham berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.