RESPUBLIKA ISHCHI GURUH A’ZOLARI “QIZILQUM” MAHALLASIDA TOMORQADAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA OLIB BORILAYOTGAN ISHLARNI O‘RGANISHDI
Respublika ishchi guruh a’zolari Forish tumanidagi “Qizilqum” mahallasida bo‘lishib, “xonadonbay” aholining tomorqadan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlari bilan tanishishdi.
Jumladan, ishchi guruh a’zolari mahallada yashovchi, “Ayollar daftari”dan chiqqan tadbirkor Aziza Xudoyberdiyeva xonadonida bo‘lishdi.
Aziza Xudoyberdiyeva o‘z faoliyatini dastlab bankdan 33 million so‘m kredit mablag‘i olib, issiqxona tashkil etishdan boshlagan.
Bugungi kunda Aziza Xudoyberdiyeva tomorqasida turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirib, mahalladoshlariga o‘rnak bo‘layotgan ayollardan.
U har yili o‘z issiqxonasida turli qishloq xo‘jalik ekinlari yetishtirib, 50 million so‘mdan ziyod daromad olmoqda.
Ishchi guruh a’zolari mahallaning boshqa xonadonlarida ham bo‘lishib, tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha zarur taklif va tavsiyalarni ham berishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.