RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI A’ZOLARI YOSHLARGA AJRATILGAN YERLARDAN SAMARALI FOYDALANISH BORASIDAGI ISHLARNI O‘RGANISHDI
Forish tumani “Uchquloch” mahallasida vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan 10 nafar yoshlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-153-son qarori asosida o‘zini o‘zi band qilish va oilalari daromadini oshirish maqsadida 1 gektardan yer ajratib berilgan edi.
Ayni kunda yerga ega bo‘lgan yoshlar ushbu yerlarda turli qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishmoqda.
Respublika ishchi guruhi a’zolari “Uchquloch” mahallasida bo‘lishib, dehqonchilik bilan shug‘ullanish borasidagi ishlar, ularga yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
O‘rganish bo‘yicha mutasaddilarga zarur taklif va tavsiyalar berishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.