Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

“KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

10 июнь 2024 йил
173
0

2024-yil 3-iyundan 28-iyunga qadar viloyatimizda, jumladan, Forish tumanida ham “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi – Cyber month” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Barcha hududlarda sodir etilayotgan jinoyatlar orasida internet va kompyuter texnologiyalari bilan bog‘liq jinoyatlar nisbati keskin oshib bormoqda. Ularning tarkibi tahlil qilinganida, 26% soxta treyding, 21% zararli havolalarni ochish, 16 % chet elga ishga chaqirish va meros, 18% moliyaviy piramida, 11% yaqinlar nomidan soxta qo‘ng‘iroqlar ekanligi aniqlangan. Shuningdek, kiberfiribgarlik, bank kreditlarini o‘zga shaxslar nomiga rasmiylashtirish kabi jinoyatlar ham avj olayapti. Buning eng katta sababi kiberxavfsizlik borasida bilimlarning yetishmasligidir.

Bugun Jizzax viloyatining qo‘shni Qozog‘iston Respublikasi bilan chegaradosh Forish tumani va uning chekka mahallalarida, dehqon bozorlarida aholi o‘rtasida fuqarolarning kibermadaniyatini oshirishga qaratilgan "Cyber month Jizzakh" kompleks targ‘ibot-tashviqot tadbirlari davom etmoqda.

Fuqarolar hozirgi kunda telefonlariga ijtimoiy tarmoqlar orqali kelayotgan xabarlarning rasmiy yoki norasmiy ekanligini qanday aniqlash mumkinligi, ularning haqiqiysi va soxtasini qanday aniqlab olishi bo‘yicha bergan ko‘plab savollariga oddiy va sodda tushuntirishlar orqali javoblar olishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар