FORISH TUMANIDA “KIBERMADANIYATNI YUKSALTIRISH OYLIGI – “CYBER-MONTH” MUNOSABATI BILAN TARG‘IBOT TADBIRLARI DAVOM ETMOQDA
Forish tumani tibbiyot birlashmasida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi – “Cyber-month” munosabati bilan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Targ'ibot tadbirida tibbiyot birlashmasi shifokor va hamshiralari ishtirok etishdi.
Tadbirda ishtirok etganlar mavzuning ahamiyati muhim ekanini misollar orqali tushuntirib berdi.
Ta’kidlanishicha, kiber jinoyatchilar tomonidan olib borilayotgan xurujlar, ularning qurboniga aylangan kishilar soni yil sayin ortib bormoqda.
Bunday holatga tushmaslik uchun esa hech kimga shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslik, mobil qurulmalar orqali kelayotgan xabarlarga ishonmaslik lozimligi aytib o‘tildi. Shu bilan birga fuqarolarda turli ko‘rinishdagi kiber xurujlarga nisbatan immunitet shakllanishi, bu borada har bir rahbar o‘z mehnat jamoalarida tashviqotlar olib borishi lozimligi aytib o‘tildi.
Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.