MAHALLADA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASIGA BAG‘ISHLANGAN TADBIR TASHKIL ETILDI
Forish tumani 4-sektor hududidagi “Xonbandi” mahallasida “mahalla yettiligi” hamda 4-sektor rahbariyati bilan hamkorlikda huquqbuzarliklar profilaktikasiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Forish tuman davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i, 4-sektor rahbari Sanjar Hafizov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, unga sharoit yaratib beruvchi omillarni joylarda bartaraf etish, aholi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligini yanada mustahkamlash borasida amalga oshiriladigan ishlarga to‘xtalib o‘tishdi.
Tadbirda mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.