Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDA BO‘LIB O‘TGAN YIG‘ILISHDA YERDAN UNUMLI VA SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

FORISH TUMANIDA BO‘LIB O‘TGAN YIG‘ILISHDA YERDAN UNUMLI VA SAMARALI FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

15 май 2024 йил
98
0

Forish tumanida tuman hokimligi va Jizzax viloyat prokuraturasi hamkorligida dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, yerlardan unumli va samarali foydalanishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev, Jizzax viloyat prokurorining o‘rinbosari M.Xo‘jamqulov, viloyat prokuraturasi 32-bo‘limi boshlig‘i Mirzarahim Otaqulov, shtab a’zolari va mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishni Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev kirish so‘zi bilan ochdi.
So‘nggi yillarda respublikada yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni o‘zlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Biroq, hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash holatlari uchrayotganligi bu borada raqamli texnologiyalardan keng foydalanish orqali yagona nazorat tizimini joriy etish hamda vakolatli idoralar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirishni taqozo etmoqda.

Forish tumanida yerlardan unumli foydalanish va dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha tuman hokimi Ikrom Matiyev, tuman prokurori Ikrom Narziyev rahbarligida ishchi guruhi tuzilgan bo‘lib, bu borada ishlar olib borilmoqda.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar yerlardan unumli va samarali foydalanish, shu hisobdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish, dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, bu borada mutasaddi tashkilotlar oldida turgan vazifalar haqida so‘z yuritishdi.
Yig‘ilishda muhokama etilgan masalalar yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар