NAFS BALOSI SINDIRADI YIGITNI
Insonni yo‘ldan adashtiradigan ham, yaxshilik qilish o‘rniga yomonlikka еtaklovchi ham nafsdir. O‘z nafsini quliga aylangan kimsalar ham yo‘q emas, oramizda.
Ana shunday nafsiga erk berganlardan biri Anvar Zohidov. (maqoladagi ism va familiyalar o‘zgartirib berilmoqda).
Anvar Zohidov 22 yoshni qarshi olgan. Toshkent farmasevtika institutining 4-bosqich talabasi. Shu bilan birga «Amir pharm trade» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli dorixonada ish o‘rganuvchi bo‘lib ishlaydi. U o‘z nafsiga erk berib ish faoliyati davomida tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini sotishni kasb qilib oladi.
2023 yil 10 noyabr kuni kech soat 22-30 larda olingan tezkor xabarlar asosida tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan Baxtiyor Zaripov boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli davlat belgisi 25 Е 076 НА bo‘lgan avtomashina to‘xtatib tekshirilganda avtomashina salonida bo‘lgan Anvar Zohidovning sumkasidan 5 pachka 250 dona kuchli ta’sir qiluvchi «Benzanol – 100» dori vositasini olib ketayotgani aniqlanib, xolislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi.
Ushbu holat bo‘yicha unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 1863-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi.
Sud majlisida Anvar Zohidov o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lib, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonda ekanini bildirdi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi hukmi bilan Anvar Zohidovga 33 000 000 (o‘ttiz uch million) so‘m jarima jazosi tayinlandi.
Nazim MATLABOV,
jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudining sudya yordamchisi.