Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

YOSHLIK BEBOSHLIK EMAS

11 октябрь 2023 йил
461
0

Yoshlik insonning porloq kelajagi uchun urug‘ qadaydigan bahor pallasidir. Bu ne’matdan unumli foydalanib, o‘zining salohiyatini oshirib borgan, jamiyatda munosib o‘rin egallashga kirishgan insonning ertasi nurafshon. Ammo, ayrimlar “Yoshlik – beboshlik” deya nojo‘ya harakatlarga qo‘l urib jinoyat va huquqbuzarliklar sodir qilganini bilmay qolyapti. Bundan o‘z boshiga o‘zi kulfat sotib oladi, desak xato bo‘lmaydi.
Avaz Rasulov ham ana shunday yoshlardan biri ekan. U tadbirkor sifatida bir korxonaga rahbarlik qilib, ajabtovur daromad qilib kelayotgandi. (Maqoladagi ism va familiyalar o‘zgartib berilmoqda).
Oilali, 2 nafar farzandning otasi Avaz Rasulov tadbirkorlik qilish bilan bir qatorda o‘zining “Ayfon 14 Pro Maks” rusumli telefoni xotirasiga turli diniy mazmundagi ma’ruzalarni joylab, “Telegramm” va “Instagram” ijtimoiy tarmoqlar orqali obunachilarga muntazam ravishda tarqatib keladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda uning uyali telefon apparati xotirasidagi turli diniy mazmundagi ma’ruzalar xolislar ishtirokida hujjatlashtirib olindi.
Sudda u o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonda ekani, boshqa bu holat takrorlanmasligini aytib, uzr so‘radi. Ammo, xalqimizda “Qilmish qidirmish” degan gap bor. Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudi O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan Avaz Rasulovga nisbatan 3 million 300 ming so‘m jarima jazosi tayinlandi. Uning daliliy ashyo sifatida olingan “Ayfon 14 Pro Maks” rusumli qo‘l telefoni davlat foydasiga musodara qilindi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK
10 октябрь 2023, Вторник
YOSHLARNI YOT G‘OYALAR TA’SIRIDAN ASRAYLIK
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар