OILALAR MUSTAHKAMLIGI YO‘LIDA
Ma’lumki, 15 may – «Xalqaro oila kuni” sifatida butun jahonda nishonlanadi.
Oila – muqaddas va ulug‘ dargoh. Inson shu dargohda tug‘iladi, o‘sadi, unadi, voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir parchasiga qiyoslash mumkin.
Darhaqiqat, xalqimiz azaldan oilani muqaddas, muborak dargoh sifatida e’zozlagan, bu qo‘rg‘onga zavol yetmasligi uchun bor mahoratini ishga solgan.
Zero, oilani boshqarish, farzandlarni xalqqa, Vatanga munosib avlod qilib yetishtirish mas’uliyatli vazifadir.
Jizzax shahridagi “Yoshlar innovatsion markazi”da 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Ibratli oila” sohiblariga ko‘krak nishonini topshirish, «Yangi O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi g‘oliblarini rag‘batlantirish hamda “Nafosat” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unga muvofiq Forish tumani Oybek nomli mahallada yashovchi Bozorgul To‘rayeva “Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. “Oqtom” mahallasidan Gulnoz va Miralim Ikromovlar oilasi “O‘zbekistonning ibratli oilasi” ko‘rik-tanlovi viloyat bosqichida “Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi oila” nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, tumandagi Oybek nomli mahallada yashovchi Gulsevar Alimova “Nafosat” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida ishtirok etib, faxrli 1-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Shu mahallada yashovchi Laylo Ilhomova ham ushbu ko‘rik-tanlovda ishtirok etib, “Eng iqtidorli havaskor dizayner” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib deb topildi.
G‘oliblar hamkor tashkilotlarning faxriy yorlig‘i hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.