“MO‘TABAR AYOL” KO‘KRAK NISHONI TOPSHIRILDI
Forish tumani 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallada yashovchi mehnat faxriysi Muhabbat Shermatova 8 mart – xotin-qizlar bayrami arafasida “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Muhabbat Shermatova o‘z umrini, butun mehnat faoliyatini yoshlar ta’lim-tarbiyasiga bag‘ishlagan onaxonlarimizdan. Mehnat faoliyati davomida Amir Temur nomli 5-umumta’lim maktabida yoshlarga ta’lim-tarbiya berdi.
Kecha Jizzax shahrida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali bayram tadbirida Jizzax viloyat hokimi Ergash Saliyev Muhabbat Shermatovaga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishonini topshirar ekan, onaxonga mustahkam sog‘lik, xonadoniga tinchlik, xotirjamlik tiladi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)