Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » JASORAT – MILLAT G‘URURI VA IFTIXORI

JASORAT – MILLAT G‘URURI VA IFTIXORI

07 май 2024 йил
151
0

Forish tumani markazidagi “Xotira xiyoboni”da ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda nuroniylar, mudofaa ishlar bo‘limi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, jamoatchilik va mehnat jamoalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev barchani Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g‘alabaning 79 yilligi hamda 9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan tabrikladi.

Tuman hokimi o‘z tabrigida Ikkinchi jahon urushi boshlangan paytda O‘zbekiston aholisi 6 million 551 ming kishini tashkil etgan va O‘zbekistondan 1 million 951 ming kishi urushga safarbar etilgan. Har uch o‘zbekistonlikning bittasi qo‘liga qurol olib, fashizmga qarshi jang qilgan.

Ular safida 3894 nafar Forishning mard o‘g‘lonlari yelkama-yelka turib qonli janglarda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga o‘z hissalarini qo‘shishgan. 2160 nafar forishliklar janglarda qahramonlarcha halok bo‘lishgan. Xalqimiz urush yillari o‘zi bir burda non bilan kifoyalansa ham bor budini g‘alaba uchun sarfladi.

Afg‘onistondagi jang maydonlarida ekstremizm va terrorizmga qarshi 85 nafar forishlik yigitlarimiz janglarda qatnashdi. Ularning 5 nafari jang maydonlarida halok bo‘lganini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda tuman “Nuroniylar” jamoatchilik kengashi raisi Xolmat Mamatov hamda o‘quvchi-yoshlar so‘zga chiqishib, tadbir ishtirokchilarini bayram bilan qutlashdi.
Shundan so‘ng Ikkinchi jahon urushida qon kechib jon fido qilgan ota-bobolarimiz, mustaqilligimizni mustahkamlashda o‘z jonini qurbon qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga Qur’on tilovat qilindi.

Tadbir nihoyasida tuman hokimligi, tumanning keng jamoatchilik vakillari nomida “Motamsaro ona” poyiga gulchambarlar qo‘yildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар