Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95

XOTIRA MUQADDAS – QADR ABADIY

25 апрель 2024 йил
38
0

Inson aziz, xotira muqaddas. 9 may – Xotira va qadrlash kuni oldidan joylarda ajdodlarimiz xotirasiga bag‘ishlangan ko‘plab tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Forishlik taniqli jurnalist, ibratli oila boshlig‘i O‘mir ota Dostonov tavallud topgan 20 aprel sanasida uning farzandlari tomonidan xayrli tashabbus amalga oshirildi. Tuman xotin-qizlari o‘rtasida sporning shaxmat va stritbol turi bo‘yicha xotira turniri tashkil etildi.

O‘mir Dostonov 1936 yilda Forish tumani Qo‘lba qishlog‘ida tavallud topgan. Nizomiy nomli Toshkent davlat pedagogika institutini fizika-matematika yo‘nalishida tamomlagan bo‘lib, mehnat faoliyatini tumandagi 1-sonli maktabda o‘qituvchilikdan boshlagan. Jurnalistikaga qiziqish uning kasbini butkul o‘zgartirdi. O‘mir Dostonov 1965 yildan “Chorvador” gazetasida muxbir, so‘ng tuman radioeshittirish bo‘limida bo‘lim muharriri bo‘lib ishladi. 1988-1993 yillarda “Forish tonggi” nashrida faoliyat yuritdi. Uning tug‘ma zukkoligi hamda jo‘shqin ijodi hamisha el nazarida edi. O‘mir ota va Muhabbat ona 6 nafar farzandni voyaga yetkazdilar. Ularning barchasi havas qilarli kasb va oila sohiblari bo‘lishdi.

Tadbir O‘mir Dostonov tahsil olgan 12-sonli maktabda bo‘lib o‘tdi. Shaxmat musobaqasi 4 ta yosh toifasida o‘tkazilib, tuman maktablari va tashkilotlaridan vakillar qatnashdi.
Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda tumandagi 12-sonli maktabning xotin-qizlar jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Stritbol yoshlar o‘yini bo‘lsa-da, qishlog‘imiz faxri bo‘lgan ijodkor O‘mir ota Dostonovning xotirasiga munosib bo‘lish uchun jon-jahdimiz bilan kurashdik va g‘olib bo‘ldik, - deydi maktabning ona tili va dabiyoti fani o‘qituvchisi Hulkar Quvnoqova. – O‘mir ota va Muhabbat onaning farzandlari bilan tengqur bo‘lib katta bo‘lganmiz. Ularning a’lochi va tirishqoqligi, bilimli va zukkoligiga doim havas qilganmiz.

Musobaqa g‘oliblari va ishtirokchilar Dostonovlar oilasining qimmatli esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Shuningdek, ta’lim muassasalariga xayriya yordamlari ko‘rsatildi. Tadbir davomida oila an’anasiga binoan, xudoyi sumalak tayyorlanib, el-yurtga tarqatildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI
09 январь 2024, Вторник
14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI
XOTIN-QIZ RAHBARLAR SONI ORTADI
28 декабрь 2023, Четверг
XOTIN-QIZ RAHBARLAR SONI ORTADI
ILMGA INTILGAN YIGIT
23 сентябрь 2023, Суббота
ILMGA INTILGAN YIGIT
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар