Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » AVTOTRANSPORT JARIMASINI IXTIYORIY TO‘LANMASI MAJBURIY UNDIRILADI

AVTOTRANSPORT JARIMASINI IXTIYORIY TO‘LANMASI MAJBURIY UNDIRILADI

01 апрель 2024 йил
110
0

Haydovchidan transport vositasini boshqarish vaqtida yo‘l belgilari va yo‘l qoidalariga alohida e’tibor qaratish talab qilinadi. Lekin ayrim haydovchilar yo‘l qoidalarini buzib, ma’muriy huquqbuzarlik sodir etmoqdalar. Bu esa o‘z navbatida ma’muriy jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘layapti.

Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yanada soddalashtirilgan, huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini, 30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilish amaliyoti joriy qilingan.

Ayrim huquqbuzarlar jarimani imtiyozli muddat u yoqda tursin, ixtiyoriy muddatda ham to‘lashdan bo‘yin tovlaydi. Aksariyat YHXB organlari tomonidan qo‘llanilgan jarimalar 60 kun muddat o‘tgandan so‘ng majburiy undiruvga qaratiladi.

Xususan, Majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi tomonidan joriy yil boshidan YHXB organlari tomonidan qo‘llanilgan 113 ta 34 million so‘mlik jarimalar undirildi. Jarimalarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan transport egalarining 11 ta avtotransport vositalari jarima maydonchalariga joylashtirildi.

Jarimalar o‘z vaqtida to‘lanib borilganda, ushbu avtomobillar xatlanmagan va bunday ortiqcha harakatlar qilinmagan bo‘lar edi.

Baxtiyor BOBOBEKOV,
majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi boshlig‘i.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

SOLIQ QARZDORLIKLARI MAJBURIY TARZDA UNDIRILMOQDA
12 март 2024, Вторник
SOLIQ QARZDORLIKLARI MAJBURIY TARZDA UNDIRILMOQDA
SOLIQ QARZDORLIKLARI UNDIRILMOQDA
04 январь 2024, Четверг
SOLIQ QARZDORLIKLARI UNDIRILMOQDA
ALIMENT TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLAGAN AKA-UKALAR 15 SUTKAGA QAMALDI
13 ноябрь 2023, Понедельник
ALIMENT TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLAGAN AKA-UKALAR 15 SUTKAGA QAMALDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар