SOLIQ QARZDORLIKLARI MAJBURIY TARZDA UNDIRILMOQDA
Soliqlar ta’lim, sog‘liqni saqlash sohalari, kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, mamlakat mudofaa salohiyatini ta’minlash, infratuzilmani yaratish va rivojlantirishni moliyalashtirishning manbasi bo‘lib xizmat qiladi.
Soliq va boshqa majburiy to‘lov qarzdorlikning oshib ketishi davlat byudjetiga hamda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy faoliyatiga salbiy ta’sir etadi. Soliqlarni undirish-eng qadimgi vazifalardan va davlatchilik mavjudligining asosiy shartlaridan biri hisoblamagan.
Majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi tomonidan soliq qarzi bo‘yicha majburiyatga ega shaxslarning soliq qarzdorliklarini undirish umumiy yurisdiksiya sudlari hamda soliq organi qarorlariga asosan amalga oshiriladi va bu borada samarali ishlar qilinmoqda.
Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi tomonidan soliq to‘lovlari undiruviga oid jami ish yurituvdagi ijro hujjatlaridan 335 ta ijro hujjatlari tamomlanib, 1 mlrd. 480 mln. so‘mlik soliq qarzdorliklari undirilgan bo‘lsa, qarzdorlarga tegishli 16 ta 1 mlrd. 480 mln. so‘mlik mol-mulklar xatlovga olindi. Shundan 12 ta ya’ni, 1 mlrd. 31 mln. so‘mlik mol-mulklar auksion savdolariga chiqarilgan.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.
Abduhakim TAJIBOEV,
majburiy ijro byurosi Forish tuman bo‘limi davlat ijrochisi.