FORISH TUMANIDA UMUMTA’LIM MAKTABLARIDAGI DAVOMAT O‘RGANIB BORILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-fevraldagi “Ta’lim, sog‘liqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport yo‘nalishlari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi hamda vazirlik va idoralarning 2024-yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida Forish tumanida barcha umumta’lim maktablarida biriktirilgan mas’ullar va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari tomonidan 2023 – 2024 o‘quv yili davomida maktabga kelib-ketish va bilim olishi o‘rganib borilmoqda.
Jizzax viloyat milliy gvardiya boshqarmasi harbiy xizmatchisi, katta serjant Ashurov Tilovqobil Ashur o‘g‘li Forish tumani 2-sektor hududidagi Musoqul Orolov nomli mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 71-umumta’lim maktabida bo‘lib, davomat tadbirini o‘tkazdi.
Tadbir davomida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘quvchi yoshlar bilan suhbatlar o‘tkazdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.