MUROJAATLAR MULOQOT DAVOMIDA HAL ETILMOQDA
Forish tuman hokimi, hokim o‘rinbosarlari tomonidan har hafta aholi qabullari o‘tkazilib, unda aholi muammolari tinglanmoqda va ularni tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari ishtirokida hal etish yo‘llari izlanmoqda.
Bu galgi aholi qabuli tuman hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Abdumannon Saidxonov tomonidan o‘tkazildi.
Unda fuqarolar tomonidan elektr energiyasi va suv ta’minotini yaxshilash, uy-joy olish uchun ipoteka krediti olishda ko‘maklashish, bandlikni ta’minlash, nafaqa olishda yordam va shu kabi masalalar yuzasidan bildirilgan murojaatlar tegishli korxona, tashkilot, muassasalar rahbarlari tomonidan joyida hal etildi. Muddat talab etadigan murojaatlar tegishli tashkilotlarga topshirilib, ijrosi nazoratga olindi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.