SAYYOR QABULLAR XALQ BILAN MULOQOTNING SAMARALI YO'LI
Jizzax viloyat Adliya boshqarmasi boshlig'i A.Ergashevning Forish tumanidagi "Osmonsoy" MFYda sayyor qabuli tashkil etildi. Tuman hokimi o'rinbosari, sektor rahbarlari, profilaktika inspektori, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar masalalari bo'yicha mas'ullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida bo'lib o'tgan qabul davomida 50 nafarga yaqin fuqarolar bilan suhbatlashildi.
Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning echimiga to'g'ri yo'nalish ko'rsatilgan bo'lsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.
Shu bilan birga hudud aholisiga sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Изоҳлар (0)