Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISHDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

FORISHDA NAVBATDAGI SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI

21 февраль 2024 йил
53
0

Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir katta-kichik rahbarning asosiy vazifasi aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, murojaatlarini tinglash, dolzarb muammolarini o‘rganish va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishdir.

Xuddi shu maqsadda viloyat hokimi Ergash Saliуev tumanimiz fuqarolari huzurida bo‘lib, tumanda navbatdagi sayyor qabulni o‘tkazdi hamda aholi muammolariga alohida e’tibor qaratildi.

Tuman markazidagi 30-son madaniyat markazida tashkil etilgan fuqarolar sayyor qabulida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining viloyat Xalq qabulxonasi mudiri Bayrambek Uzoqov, tuman hokimi Ikrom Matiуev, viloyat va tuman sektorlari, mutasaddi idora va tashkilotlari rahbar va mas’ullari hamda tumanda istiqomat qiluvchi aholi ishtirok etdi.

Aholi farovonligini ta’minlash, yashash sharoitlarini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallalardagi obodonlashtirish, qurilish, ta’mirlash ishlari, ichimlik suv, elektr energiyasi va gaz ta’minoti, yo‘l qurilishi, davolanishda ko‘maklashish, yer ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bankdan kredit ajratish va shu kabi fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etishda tumanda sezilarli va keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash lozim.

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida 14 ta ishchi guruhlari tuzildi.

Qabulga kelgan fuqarolarni viloyat hokimi va tegishli tashkilot bo‘yicha sektorlar hamda viloyat idora va tashkilotlar rahbarlari guruhlarga bo‘lingan holda birma-bir qabul qilib, yuzma-yuz muloqotda bo‘ldi. Qabulda 56 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglanib, qayd etib borildi. Murojaatlarning bir qismi joyida o‘z yechimini topdi.Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab etadigan murojaatlar tegishlicha viloyat tashkilotlariga topshirilib, ijrosi qonun doirasida nazoratga olindi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

MAHALLADA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
24 январь 2024, Среда
MAHALLADA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
MAHALLADA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
24 ноябрь 2023, Пятница
MAHALLADA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар