MAHALLADA SAYYOR QABUL O‘TKAZILDI
Bugungi kunda mamlakatimizdagi har bir katta-kichik rahbarning asosiy vazifasi aholi orasiga kirib borish, ular bilan yuzma-yuz muloqot qilish, murojaatlarini tinglash, muammolarini o‘rganish va fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyida hal etishdir.
Xuddi shu maqsadda Forish tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farruh Amirov tumanning 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahallaning Yotoq qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazdi. Mahallada joylashgan 25-umumta’lim maktabida tashkil etilgan fuqarolar sayyor qabulida mutasaddi idora, tashkilotlar rahbarlari va mas’ullari hamda mahallada istiqomat qiluvchi aholi ishtirok etdi.
Aholi farovonligini ta’minlash, yashash sharoitini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahallada obodonlashtirish, qurilish, ta’mirlash ishlari, ichimlik suv, elektr va gaz ta’minoti, yo‘l qurilishi, davolanishda ko‘maklashish va shu kabi fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar tinglandi.
Qabulga kelgan fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot bo‘ldi. Fuqarolar murojaatlari tinglanib, qayd etib borildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.