Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » KAMCНILIK VA MUAMMOLAR BARHAM TOPMOQDA

KAMCНILIK VA MUAMMOLAR BARHAM TOPMOQDA

04 ноябрь 2023 йил
62
0

Forish tumanida ham respublika ishchi guruhi tomonidan joriy yil kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish yuzasidan ishlar olib borilib, ijtimoiy soha ob’ektlarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida bir qator kamchiliklar mavjudligi ko‘rsatib berildi.

Ayni kunda tumanda ushbu ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, mutasaddi tashkilotlar va ishchi guruhlar tomonidan aniqlangan kamchiliklar ya’ni Forish kasb-hunar maktabi yotoqxonasi va sport zali tom qismi, “Uchquloch” mahallasidagi davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti fasad qismi, Oybek nomli mahallada joylashgan 33-umumta’lim maktabi isitish tizimi, shu mahalladagi 13-umumta’lim maktabi isitish tizimi, 5-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tom qismi va boshqa bir qator ob’ektlar ta’mirlanib, kamchiliklar bartaraf etildi.

Tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар