FORISH TUMANIDA KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISH UCHUN BARCHA CHORA-TADBIRLAR AMALGA OSHIRILMOQDA
Ayni kunda Forish tumanida 2023 – 2024 kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, ijtimoiy soha ob’ektlari, ko‘p qavatli uy-joylar, aholi xonadonlarini qishga hozirlash borasida ishchi guruhlar tomonidan o‘rgatish ishlari olib borilib, aniqlangan kamchilik va muammolar hal etilyapti.
Forish tuman hokimi Ikrom Matiev va tumanning 4-sektor rahbari Sanjar Hafizov bilan birgalikda 4-sektor hududidagi ijtimoiy soha ob’ektlari, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, umumta’lim maktabi, oilaviy shifokorlik punkti va ko‘p qavatli uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.
Mutasaddilarga aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Изоҳлар (0)