Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » FORISH TUMANIDAGI GEOGRAFIK OB’YEKTLARGA NOM BERISH TO‘G‘RISIDA

FORISH TUMANIDAGI GEOGRAFIK OB’YEKTLARGA NOM BERISH TO‘G‘RISIDA

24 октябрь 2023 йил
65
0

FORISH TUMANIDAGI GEOGRAFIK OBYEKTLARGA NOM BERISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 12-oktabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-303-sonli Qonuni, “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeiyini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5850-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 16-oktyabrdagi “Geografik ob’yektlarning nomlari

sohasidagi ishlarni tartibga solish chora-tadbirlari haqida”gi 295-sonli, 2020-yil 20- yanvardagi “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish choratadbirlari to‘g‘risida”gi 34-sonli qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risidagi Qonunning 6-, 24-moddalariga muvofiq, Xalq deputatlari Forish tuman Kengashi

QAROR QILADI:

  1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining 2023-yilning 4-avgustdagi 08-05988-sonli xati hamda respublika toponomika xizmati Ekspert komissiyasi xulosasi ma’lumot va asos uchun qabul qilinsin.
  2. Forish tumani aholi punktlarida nomsiz ko‘chalarga yangidan nom beriladigan ko‘chalarning ro‘yxati ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
  3. Tuman hokimligi (A.Saidxonov), tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi, tuman statistika bo‘limi (T.Qo`narov), tuman qurilish bo‘limi (M.Egamberdiyev), Davlat kadastrlari palatasi tuman filiali (F.To`ychiyev) barcha mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari bilan birgalikda yangidan nomlangan ko‘chalarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va elektron bazani shakllantirish, ish yuritish hujjatlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bilan bog‘liq barcha tadbirlarni amalga oshirsin.
  4. Tuman ichki ishlar bo‘limi (Q.Nazarov) nom berilgan ko‘chalarda yashovchi aholining fuqarolik pasportlariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ishlarini tashkiliy ravishda amalga oshirsin.

5.Tuman qurilish bo‘limi (M.Egamberdiyev) hududlarda yangi nomlangan aholi punktlarining tarkibiy qismlarini yangi nomlari yozilgan ko‘rsatkich va belgilar, peshlavhalarni zamonaviy dizayn asosida bosqichma-bosqich o‘rnatilishini ta’minlasin.

  1. Mazkur qaror “Forish tongi” gazetasida chop etilsin va hokimlikning www.forish.jizzax.uz - rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
  2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Xalq deputatlari tuman Kengashining doimiy komissiyalari va tuman hokimining o‘rinbosari A.Saidxonov zimmasiga yuklatilsin.

8.Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Xalq deputatlari tuman kengashi raisi, tuman hokimi           Ikrom MATIYEV.

2023 yil 23 oktabr, Bogdon shaharchasi.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар