Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » 2023 - yil 24 - avgust 176-3-53-Q/23 Forish tuman hokimligi

2023 - yil 24 - avgust 176-3-53-Q/23 Forish tuman hokimligi

25 август 2023 йил
196
0

FORISH TUMANI ICHKI XOJALIK AVTOMOBIL YOLLARI VA MARKAZIY KOCHALARIDA FUQAROLAR VA TRANSPORT VOSITALARI HARAKATI XAVFSIZLIGINI TAMINLASH, YOL TRANSPORTI HODISALARINI OLDINI OLISH MAQSADIDA, PIYODALAR OTISH JOYI, YOL BELGILARI, VA SUNIY NOTEKISLIKLAR ORNATISH TOGRISIDA

O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni 6, 25-moddalari (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 9-son, 320-modda), “Yo‘l harakati xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-yil, 15-son, 197-modda), O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-iyuldagi “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3127-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-yil, 28-son, 645-modda), Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan “Yo‘l harakati qoidalari” (Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.04.2022-y.) ijrosini hamda tumanda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida

QAROR QILAMAN:

  1. Forish tumani ichki ishlar bo‘limining 2023-yil 26-iyundagi 42/2203-sonli xati ma’lumot uchun qabul qilinsin va ma’qullansin.
  2. Forish tumani Sayyod MFY hududlariga ilovaga muvofiq sun’iy yoʻl notekisliklari va yoʻl belgilari oʻrnatilsin.
  3. Tuman “Obodonlashtirish” boshqarmasi (X.Joʻraqulov)ga tuman hududidagi “Sayyod” MFY hududlariga ilovaga muvofiq sun’iy yoʻl notekisliklari va yoʻl belgilarini oʻrnatish vazifasi topshirilsin.
  4. Yoʻl harakati qatnashchilari “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va “Yoʻl harakati qoidalari”ga muvofiq oʻrnatilgan yo‘l belgilari hamda svetofor ishoralari, yoʻl chiziqlariga amal qilishlari, shuningdek berilgan vakolat doirasida yoʻllarda harakatni tartibga soluvchilarning koʻrsatmalarini soʻzsiz bajarishlari shart.
  5. Tuman IIB YHXB (V.Xusanov) mazkur sun’iy yoʻl notekisliklari va yoʻ l belgilari oʻrnatilishi hamda tuman hududida transport vositalari harakati tartibga solinishi nazorat qilib borilsin.
  6. Ushbu qaror “Forish tongi” gazetasida chop etilsin va hokimlikning rasmiy veb-saytiga joylashtirilsin.
  7. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
  8. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish tuman hokimining oʻrinbosari F.Amirov zimmasiga yuklatilsin.

Tuman hokimi      I.MATIYEV

2023 yil 24 avgust. Bog`don shaharchasi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар