Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » YANGI O‘ZBEKISTON – YASHIL MAKONDA BIRGALIKDA YASHAYLIK

YANGI O‘ZBEKISTON – YASHIL MAKONDA BIRGALIKDA YASHAYLIK

27 октябрь 2023 йил
111
0

Forish tumanida ham “Yangi O‘zbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiori ostida Forish tuman hokimi Ikrom Matiyev boshchiligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari boshlab yuborildi.

Forish tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasining bu yilgi kuzgi mavsumida tuman bo‘yicha 489 400 tupdan ziyod ko‘chat ekish belgilangan. Tumandagi barcha 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida, korxona, tashkilot, muassasalar hovlilariga, dala chetlariga, ariq bo‘ylariga umuman ko‘chatlarni sug‘orish imkoni bo‘lgan joylarga ko‘chat ekishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bugun Forish tumanida “Yashil makon” loyihasi umumxalq milliy harakatiga aylangan. Ushbu xayrli ishda nuroniylar, faollar, yoshlar barchasi bir maqsad Forish tumanini yashil makonga aylantirishdek ulug‘ maqsad yo‘lida birlashib harakat qilmoqdalar.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар