Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » BESH MUHIM TASHABBUS IJROSI AMALDA

BESH MUHIM TASHABBUS IJROSI AMALDA

23 октябрь 2023 йил
99
0

Forish tumani 1-sektor hududidagi “Bog‘don” mahallasida joylashgan 30-son madaniyat markazida tuman madaniyat boʻlimi xodimlari tomonidan 5 ta muhim tashabbuslar ijrosi boʻyicha yoshlar o'rtasida “Ranglar jilosida – Yangi O’zbekiston” mavzusida rassomchilik tanlovi o’tkazildi.

Tanlovda tumandagi 20 ta umumta’lim maktablaridan tashrif buyurgan 50 nafardan ortiq o’quvchi-yoshlar ishtirok etib, mavzu yuzasidan o’z tasavvurlaridagi g’oyalar asosida ijod namunalarini namoyon etdilar.

Tanlovda 38-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Umida Mahkamova 1-oʻrin, 20-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Muzaffar Amankeldiyev 2-oʻrin, 5-umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Fotima Shermaxammatova 3-oʻrinni egalladilar.

Gʻolib va faol ishtirokchilarga homiylarning diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

KITOBXONLAR BILAN DAVRA SUHBATI
17 октябрь 2023, Вторник
KITOBXONLAR BILAN DAVRA SUHBATI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар