Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » “RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

“RAHBAR VA YOSHLAR” UCHRASHUVI

25 октябрь 2024 йил
25
0

Mamlakatimizda yosh avlodni barkamol qilib tarbiyalash, ularning hayotga mustaqil qadam qo‘yishlari uchun barcha sharoitlarni yaratishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

2024-yilning Prezidentimiz tomonidan “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanishi ham ularga berilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasidir.

Forish tumani “O‘xum” mahallasida joylashgan 46-umumta’lim maktabida “Forish tog‘” o‘quv harbiy poligonida joylashgan “N” harbiy qism komandiri, podpolkovnik Qobiljon Egamov ishtirokida tashkil etilgan “Rahbar va yoshlar” ochiq muloqotining mohiyati ham yoshlar bilan samimiy suhbatlashish, ular ichki dunyosiga nazar solish, qiziqishlarini o‘rganish, tahil qilish orqali muammolarini hal qilishdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda podpolkovnik Qobiljon Egamov so‘zga chiqib, yurtimizda yoshlarga yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, yurtimiz harbiy salohiyatini yuksaltirish, harbiylar hayoti va ularga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida ham ma’lumotlar berildi.

Yoshlar ham yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, o‘zlarini to‘la namoyon etishiga ishonch bildirdilar.

Uchrashuvda Forish tuman hokimining o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Elnora Ummatova ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar bo‘yicha savollar bilan murojaat qilishib, tegishli javoblar olishdi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
24 май 2024, Пятница
RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI
YOSHLAR MUAMMOLARINI HAL ETISHGA BARCHA MAS’UL
23 май 2024, Четверг
YOSHLAR MUAMMOLARINI HAL ETISHGA BARCHA MAS’UL
KURSANT BILAN UCHRASHUV
23 февраль 2024, Пятница
KURSANT BILAN UCHRASHUV
14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI
09 январь 2024, Вторник
14 YANVAR – VATAN HIMOYACHILARI KUNI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар