Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » BOLALAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA

BOLALAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA

10 октябрь 2024 йил
51
0

Insonga bo‘lgan e’tibor, birinchi o‘rinda bolaga bo‘lgan e’tibordan boshlanadi.

Aynan shuning uchun ham so‘nggi yillarda O‘zbekistonda bolalar majburiy mehnatiga barham berilishi, xalqaro mehnat tashkilotining majburiy mehnat to‘g‘risidagi konvensiya va uning bayonnomasi O‘zbekiston parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinganligi, bola huquqlarini himoya qilishga qaratilgan kafolatlarni kuchaytirish yuzasidan qonun hujjatlari takomillashtirilganini jahon hamjamiyati ijobiy e’tirof etmoqda.

Ammo, shunday bo‘lsada hali ham oramizda voyaga yetmaganlar mehnatidan foydalanayotgan ayrim tadbirkorlar borligi kishi dilini xira qiladi.

Jumladan, tumanning “Oybek” nomli mahallasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, non pishirib aholiga sotayotgan Rustam Hayitov (maqoladagi ism va familiyalar o‘zgartirilgan) 2009-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan Yulduz Karimovani oyiga 100 ming so‘m evaziga o‘ziga ishchi qilib yollab oladi.

Ushbu holat Forish tuman ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan aniqlanib, tegishli tartibda rasmiylashtiriladi. Sud surishtiruvida Rustam Hayitovning voyaga yetmagan shaxs mehnatidan, uning sog‘ligiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan ishlarda foydalanishda ifodalangan harakatlari O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 491-moddasi bilan to‘g‘ri kvalifikatsiya qilingan deb hisoblandi.

Ushbu holat bo‘yicha Rustam Hayitovga O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 491-moddasida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topib, ushbu kodeksning 33-moddasi qo‘llanilib, bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari – 680 000 so‘m jarima jazosi tayinlandi.

Sobir SODIQOV,
jinoyat ishlar bo‘yicha Forish tuman sudi raisi.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

SUD-HUQUQ SOHASIDAGI O‘ZGARIShLAR
26 сентябрь 2024, Четверг
SUD-HUQUQ SOHASIDAGI O‘ZGARIShLAR
XOTIN-QIZLAR VA BOLALAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA
26 сентябрь 2024, Четверг
XOTIN-QIZLAR VA BOLALAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA
Bola huquqlari
06 май 2024, Понедельник
Bola huquqlari
ALIMENT TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLAGAN AKA-UKALAR 15 SUTKAGA QAMALDI
13 ноябрь 2023, Понедельник
ALIMENT TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLAGAN AKA-UKALAR 15 SUTKAGA QAMALDI
YOSHLIK BEBOSHLIK EMAS
11 октябрь 2023, Среда
YOSHLIK BEBOSHLIK EMAS
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар