MAHALLALARDA CHET ELDA MIGRATSIYADA YURGAN VA CHET ELDAN DOIMIY YASHASH MANZILIGA QAYTIB KELGAN FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
Forish tumanida aholi muammolarini o‘rganish va ularga o‘z vaqtida yechim topib, fuqarolar mushkulini oson qilish bugungi kunda har bir rahbarlar oldida turgan muhim vazifa sifatida qaralmoqda.
Ayni kunda tumandagi barcha 25 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida “mahalla yettiligi” va boshqa mutasaddilar tomonidan xonadonma-xonadon yurish orqali migratsiyada yurgan, migratsiyadan doimiy yashash manzillariga qaytib kelgan va chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar xonadonlarida bo‘lishib, ular muammolari o‘rganib borilmoqda.
Jumladan, tumanning 2-sektor hududidagi eng uzoq va chekka mahallasi bo‘lgan “Garasha” mahallasida “mahalla yettiligi” va boshqa mutasaddilar tomonidan xonadonma-xonadon yurish orqali migratsiyada yurgan, migratsiyadan doimiy yashash manzillariga qaytib kelgan va chet elda ishlash istagida bo‘lgan fuqarolar xonadonlarida bo‘lishib, ular muammolari o‘rganib borilmoqda.
Ushbu jarayonda aniqlangan muammolar tegishli mutasaddi tashkilotlar hamkorligida hal etish choralari ko‘rilmoqda.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.