KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK KO‘RISH BO‘YICHA TASHKIL ETILGAN SHTABNING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI
Forish tuman hokimligida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tashkil etilgan tuman hokimligining uzluksiz shtabining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Shtab yig‘ilishini tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish va ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Farrux Amirov boshqarib bordi.
Shtab yig‘ilishida 2024 – 2025-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va uni betalofat o‘tkazish bo‘yicha ishchi guruhlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Tegishli mutasaddilar axborotlari tinglandi.
Ishchi guruh a’zolariga amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.