Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » Forish tuman iqtisodiyot va moliya bo’limining tuman mahalliy budjetining 2-chorak ijrosi to’g’risidagi hisobot

Forish tuman iqtisodiyot va moliya bo’limining tuman mahalliy budjetining 2-chorak ijrosi to’g’risidagi hisobot

10 июль 2024 йил
18
0

Tuman mahalliy budjet daromadlarining 2024 yil 2-chorak aniqlangan rejasi 16907,3 mln.so‘m qilib belgilangan bo‘lib, mahalliy budjetga haqiqatda tushgan daromad 17028,3 mln.so‘m bo‘lib, rejaga nisbatan 113,3 mln.so‘mga, ya'ni 100,6 foizga ortigi bilan bajarildi.

Tuman mahalliy budjet xarajatlarining 2024 yil 2-chorakda aniqlangan rejasi 76525,0  mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda qilingan harajatlar 67860,3 mln.so‘m, rejaga nisbatan 88,7 foizga bajarildi. Jumladan, 1-guruh harajatlar (ish xaqi va unga tenglashtirilgan tolovlar) ning aniqlangan rejasi 36351,8 mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda 34333,7 mln.so‘mga, rejaga nisbatan 94,4 foizga, 2-guruh harajatlari (yagona ijtimoiy tolovlar) aniqlangan rejasi 9052,0 mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda 8731,4 mln.so’m rejaga nisbatan 93,4 foizga, 4-guruh harajatlari (boshqa harajatlar) aniqlangan rejasi 31292,0 mln.so‘m bo‘lib, haqiqatda 24795,2 mln.so‘mga, rejaga nisbatan
79,2 foizga ijro etildi.

2024 yil 2-chorakda yuqori budjetdan tuman mahalliy budjetiga 15326,7 mln.so‘m tartibga soluvchi budjetlararo transfert hamda 2475,0 mln.so’m o’zaro hisob kitoblar asosida olingan mablag’lar ajratildi. Buning natijasida tumandagi budjet tashkiloti hodimlarining ish xaqlarining 2-yarmi har oyning 1-5 sanalarida, avans to‘lovlari hamda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam to‘lovlari 15-18 sanalarida moliyalashtirilishi ta'minlandi.

 Bundan tashqari 2024 yilning 2-choragida mahalliy byudjetlarning qoʻshimcha manbalari 200,1 mln.soʻm quyidagi tadbirlarga yoʻnaltirilidi.

Jumladan;

2024 yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablag’lari hisobidan:

-           “Sahovat va ko’mak” jamgʻarmasiga 93,1 mln.soʻm;

-        Hokimiyatlarning xoʻjalik xarajatlari va moddiy bazasini mustaxkamlash uchun 20.0 mln.soʻm;

-        Boshqa xarajatlarga 87.0 mln soʻm mablagʻlar yoʻnaltirildi.

 

2024 yil choraklar yakuni bilan shakllanadigan daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi mablag’lari hisobidan:

-           “Sahovat va ko’mak” jamgʻarmasiga 50,6 mln.soʻm;

-        Hokimiyatlarning xoʻjalik xarajatlari va moddiy bazasini mustaxkamlash uchun 10.0 mln.soʻm;

-  Ish haqi bilan bog’liq xarajatlarga 110,0 mln so’m.

 

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар