Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » NIKOHLANUVCHI YOSHLAR O‘QITILIB, YANGI HAYOTGA TAYYORLANMOQDA

NIKOHLANUVCHI YOSHLAR O‘QITILIB, YANGI HAYOTGA TAYYORLANMOQDA

01 август 2024 йил
70
0

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi 15-son majlis bayonida mutasaddilar tomonidan “Yosh kelin-kuyovlar maktabi” faoliyatini olib borish va unda maxsus o‘quv kurslarni tashkil qilish belgilangan.

Forish tumani Adliya bo‘limi binosida tuman prokuraturasi, tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman adliya bo‘limi va 1-umumta’lim maktabi psixologi bilan hamkorlikda "Yosh kelin-kuyovlar maktabi" maxsus o‘quv kursi tashkil etilib, yosh nikohlanuvchilar o‘qitildi.

Maxsus o‘quv kursida turmush qurish ostonasida turgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oila huquqi, iqtisodiyoti, psixologiyasi, o‘zaro munosabat, reproduktiv salomatlik masalalari, farovon oilani yaratishga ko‘maklashish, ularga an’anaviy qadriyatlarni singdirish va boshqa mavzular bo‘yicha hayotiy misollar orqali tavsiyalar berildi.

O‘quvga tajribali psixologlar jalb etilib, oila psixologiyasi, oilada farzand tarbiyasida ota-onalikka tayyorligini ta’minlashning shakl, usul hamda vositalari bo‘yicha bilim berilib, oila mustahkamligi sirlari, muvaffaqiyatli ijtimoiylashish kabi ko‘nikmalarni shakllantirish bo‘yicha ma’ruzalar o‘qildi, mavzuga oid psixologik treninglar o‘tkazildi.

O‘quv yakunida tinglovchilarga sertifikatlar topshirildi.

Ma’lumot uchun, Forish tumanida joriy yilning iyul oyida nikohlanuvchi yoshlardan 90 ta arizalar kelib tushgan bo‘lib, shundan 88 nafar juftlik o‘quv kursida ishtirok etdi. Tumanda ajrimlar soni o‘tgan yilga nisbatan 15 taga kamaygan.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар