NIKOHLANUVCHI YOSHLAR OILAVIY MUNOSABATLARGA O‘QITILIB, ULARGA SERTIFIKATLAR TOPSHIRILMOQDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga joriy etish borasida Forish tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinayapti.
Jumladan, bu borada tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi, tuman adliya bo‘limi FHDYo bo‘limi bilan birgalikda yangi nikohlanayotgan yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash va zamonaviy namunali oila mezonlarini hayotga tadbiq etish maqsadida o‘qitilib, ularga sertifikatlar topshirilmoqda.
Shu kunga qadar oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan 120 nafar juftlik o‘qitildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.