AHOLI O‘RTASIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR
Bugun alohida qo‘riqlanadigan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishlari vazirligi tasarrufidagi Forish tumani “Nurota” davlat qo‘riqxonasi hududida o‘t-o‘lanlar pishib sarg‘aymoqda.
Ozgina e’tiborsizlik natijasida katta yong‘in chiqib, alohida qo‘riqlanadigan “Nurota” davlat qo‘riqxonasiga juda katta zarar yetkazishi mumkin.
Ana shularni e’tiborga olib, “Nurota” davlat qo‘riqxonasi hamda tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi xodimlari hamkorlikda aholi o‘rtasida yong‘in xavfsizligining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazishmoqda.
Jumladan, shunday tadbirlardan navbatdagisi “Uchma” mahallasining Birlashgan qishlog‘i aholisi o‘rtasida o‘tkazildi.
Targ‘ibot tadbirida yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, tashqarida ochiq olovdan foydalanmaslik, dalalarda, qirlarda yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish, ayniqsa yosh bolalarni olov bilan o‘ynashiga yo‘l qo‘ymaslik, yong‘in sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanish yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.