Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » HASHARLAR TASHKIL ETILIB, OBODONLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

HASHARLAR TASHKIL ETILIB, OBODONLASHTIRISH ISHLARI AMALGA OSHIRILMOQDA

18 июль 2024 йил
63
0

Forish tumanidagi barcha 25 ta mahallalarda ko‘ngilli aholi ishtirokida hasharlar tashkil etilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, tumanning 4-sektor hududidagi “Xonbandi” mahallasida ham hashar tashkil etilib, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Hashar xalqimizning azaliy qadriyatlaridan. Ota-bobolarimiz hasharlar tashkil etib, kanallar, uy-joylar, yo‘llar bunyod etgani barchamizga ma’lum.

Bugungi kunda xalqimizning azaliy qadriyati bo‘lgan hasharlar yangicha ma’no-mazmun bilan boyib bormoqda.

“Xonbandi” mahallasida tashkil etilgan hasharda mahalla nuroniylari bosh bo‘lishdi, yoshlar esa hasharda mehnat qilishib, obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi. Shu kuni mahalla yon-atrofi, ariqlar turli chiqindilardan tozalandi. Daraxt tuplari oqlandi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

OBOD VA FAYZLI MAHALLA YURT KO‘RKI
19 март 2024, Вторник
OBOD VA FAYZLI MAHALLA YURT KO‘RKI
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар