Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI DOIRASIDAGI KREDITLAR KIMLARGA BERILADI?OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI DOIRASIDAGI KREDITLAR KIMLARGA BERILADI?

OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI DOIRASIDAGI KREDITLAR KIMLARGA BERILADI?OILAVIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH DASTURLARI DOIRASIDAGI KREDITLAR KIMLARGA BERILADI?

13 июль 2024 йил
97
0

2024-yil 1-apreldan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) hamda tadbirkorlik sub’ektlariga 6 oydan 1 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan 4 yilgacha muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasi (14 foiz) dan 4 foizlik punkt yuqori stavkada;
33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida ajratiladi.  
Ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun; yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz; 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz ajratiladi.
Mahallaga biriktirilgan bank va hokim yordamchisi mahalladagi kreditlar hisobiga amalga oshirilayotgan oilaviy tadbirkorlik loyihalarining natijadorligi uchun teng manfaatdor va javobgar bo‘ladi.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024-yil 1-iyuldan boshlab mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholab boradi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

TOMORQA – DAROMAD MANBAI
22 июнь 2024, Суббота
TOMORQA – DAROMAD MANBAI
BANK XODIMLARI AHOLI ORASIDA
26 апрель 2024, Пятница
BANK XODIMLARI AHOLI ORASIDA
Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар