MAHALLA MUTASADDILARI NURONIY OTAXONNI 90 YOSHI BILAN QUTLASHDI
Forish tumani 1-sektor hududidagi “Qo‘lba” mahallasi Qo‘lba qishlog‘ida yashovchi Tursunqul Burxonov bugun 90 yoshni qarshiladi.
Tursunqul Burxonov butun umrini mehnat bilan o‘tkazgan otaxonlardan. U kishi turli joylarda traktorchi, shofyor bo‘lib mehnat qilgan. Bugungi kunda esa otaxon nafaqada, farzandlari, nabiralari, mahalladoshlari ardog‘ida qarilik gashtini surmoqda. O‘zining pand-nasihatlari, o‘gitlari bilan yoshlarga ma’naviy ustozlik qilib kelayapti.
“Qo‘lba” mahallasi mutasaddilari Tursunqul bobo Burxonovning 90 yoshga to‘lishi munosabati bilan u kishining xonadoniga tashrif buyurishdi.
Otaxonni qutlug‘ 90 yosh bilan qutlab, o‘zlarining esdalik sovg‘alarini taqdim etishdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)