MAHALLALARDA MADANIY TADBIRLAR DAVOM ETMOQDA
Forish tumani 4-sektor hududidagi “Osmonsoy” mahallasida aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida ijtimoiy muhitni sog'lomlashtirish, aholi kayfiyatini ko'tarish maqsadida "O'zbekiston bag'ri keng diyor" nomli madaniy konsert tadbiri tashkil etildi.
Konsert tadbirida tuman badiiy havaskorlik jamoalari, yosh iste’dodli ijrochilar tomonidan Vatanimiz obodligi, uning tinchligini tarannum etuvchi qoʻshiqlar, raqslar namoyish etildi.
Konsert dasturi aholiga yaxshi kayfiyat ulashdi.
Forish tuman hokimligi axborot xizmati.
Муҳокамага қўшилинг
Тавсия этамиз:
Изоҳлар (0)