Телефонлар:
(0372) 452-18-66
(0372) 452-17-95
» » MAHALLADA “BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI”

MAHALLADA “BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI”

24 июнь 2024 йил
134
0

Forish tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi hamda tuman ichki ishlar bo‘limi probatsiya bo‘limi bilan hamkorlikda tumanning 1-sektor hududidagi Amir Temur nomli mahalla binosida tumandagi probatsiya nazoratida turuvchi ishsiz yoshlarni va vaqtincha ish bilan band bo‘lmagan xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash, ularni kasbga yo‘naltirish maqsadida “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasini o‘tkazdi.

Mazkur “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida tumandagi 12 ta korxona, tashkilot, muassasalar, kichik biznes sub’ektlari o‘zlarida mavjud bo‘lgan qirqdan ziyod bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi.

“Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasida ishtirok etgan yoshlardan 8 nafari ishga joylashish uchun kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan yo‘llanmalar berildi.

Kasb-hunarga o‘qish istagida bo‘lgan yoshlarga o‘zlari qiziqqan kasb bo‘yicha o‘qishlari uchun ko‘mak ko‘rsatildi.

Forish tuman hokimligi axborot xizmati.

скачать dle 12.0
Муҳокамага қўшилинг

Тавсия этамиз:

Фикр билдириш
Изоҳлар (0)
Фикр билдириш
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
Фойдали ҳаволалар